O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat berildi. Bu haqda Maxsus komissiya yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar berdi O‘zA.

Ma’lumotga ko‘ra, Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O‘zbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat etilgan.

Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.