Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning yanvar oyida O‘zbekiston eksportida va importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Yanvar oyida O‘zbekiston eksportida yetakchi bo‘lgan davlatlar:
- Xitoy — 147 mln dollarni;
- Rossiya — 110,2 mln;
- Turkiya — 106,5 mln;
- Qozog‘iston — 63,6 mln;
- Afg‘oniston — 58,1 mln;
- Qirg‘iziston — 41,5 mln;
- Tojikiston — 26,3 mln;
- Turkmaniston — 23,5 mln;
- Kanada — 19,1 mln;
- Eron — 7,7 mln.
Yanvar oyida O‘zbekiston importida yetakchi bo‘lgan davlatlar:
- Xitoy — 337,2 mln dollar;
- Rossiya — 319,5 mln;
- Qozog‘iston — 204,9 mln;
- Turkiya — 106,1 mln;
- Fransiya — 78,4 mln;
- Koreya — 70,1 mln;
- Litva — 45,3 mln;
- Germaniya — 42,2 mln;
- Hindiston — 41,8 mln;
- Braziliya — 30 mln.
Ma’lumot uchun, yanvar oyida O‘zbekistonning jami import hajmi 1,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.