Moliya vazirligi alkogolli mahsulotlarning narxini oshirish bo‘yicha qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Unga ko‘ra, 15 martdan O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, yangi miqdorlarni belgilash taklif etilmoqda.
Hujjatga muvofiq, spirtli ichimliklarning (pivodan tashqari) quyidagi narxlari belgilanishi mumkin.
Vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi — 11 200 so‘m (ilgari 9 400 so‘m);
- eng kam chakana narx — 13 200 so‘m (ilgari 11 200 so‘m).
Konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi — 41 200 so‘m (ilgari 33 000 so‘m);
- eng kam chakana narx — 49 400 so‘m (ilgari 39 000 so‘m).
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:
- ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi — 28 600 so‘m (ilgari 24 000 so‘m);
- eng kam chakana narx — 34 400 so‘m (ilgari 28 500 so‘m).
Mazkur qaror muhokamasi 16 martga qadar davom etadi. Qaror loyihasida uning kuchga kirish sanasi 2021 yil 15 martdan bo‘lishi aytilgan.