“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar tiklanganligini ma’lum qildi.
Parvozlar 30 martdan boshlab haftasiga 2 marotaba seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Seshanba:
- Toshkent-Tbilisi (uchish 16:10da, qo‘nish 18:30da)
- Tbilisi-Toshkent (uchish 19:30da, qo‘nish 23:30da)
Juma:
- Toshkent-Tbilisi (uchish 20:40da, qo‘nish 23:00da)
Shanba:
- Tbilisi-Toshkent (uchish 00:30da, qo‘nish 04:30da).