Ko‘ksaroy qarorgohida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» muxbiri.
Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz».
Ikki mamlakat madhiyalari ijro etilgach, davlat rahbarlari delegatsiyalar vakillari bilan ko‘rishishdi.
Hozirda prezidentlar tor doiradagi muzokaralarni o‘tkazmoqda.