Xalq ta’limi vazirligi maktablarda bahorgi ta’til kunlari haqida ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, prezident farmoniga muvofiq 20 mart — shanba kuni barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’iy nazar dam olish kuni hisoblanadi.
20 mart kuni 2020−2021 o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanadi. Bahorgi ta’til 20 dan-28 martgacha davom etadi. 29 martdan o‘quv yilining 4-choragi boshlanadi.