So‘nggi hafta davomida O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payib borayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, 14 mart kuni jami 111 ta, 15 mart kuni 65 ta yangi holat kuzatilgan. 24 dekabrdan beri kasallanishlar statistikasi birinchi bor 100 tadan oshdi.
14 martdan boshlab bir qancha cheklovlar yana qayta tiklana boshladi. Xususan, 16 martdan Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablar onlayn o‘qish rejimiga o‘tkaziladi. Bunga ushbu tumanlarda kasallanishlar keskin oshgani sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkin.
Koronavirus atrofidagi gap-so‘zlar jonlana boshlanishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Twitter`da turli sarkazmli fikr-mulohazalar urchib ketdi. Eng sara tvitlarni yig‘ib chiqqan holda, uni sizga taqdim etishga qaror qildik.
Bloger Xushnud Xudoyberdiyevning yozishicha, shu kunlarda mamlakatga 650 mingta vaksina keladi:
Erta-indin 650 mingta vaksina keladi O‘zbekistonga. Tekinga, COVAX doirasida.
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) March 15, 2021
Boshqa bir foydalanuvchining aytishicha, bu katta partiyada xarid qilingan vaksinani sotish usuli:
O‘ylashimcha, vaksina olishga hech kimda xohish yo‘q, lekin bular «katta partiya» olib qo‘ygan. Endi uni sotish kerak?! Lekin qanday qilib??? Albatta qayta karantin (vaxima) qilib.
— SHOXRUX (@SHOHiRUH) March 15, 2021
Yana bir tarmoq foydalanuvchisi yuqoridagi fikrga qo‘shilgan:
Karantin qaytarkan degan vahima tarqatilyapti. Vaksinani sotishga tayyorgarlik shekil
— mansurov_ (@mansurovn_) March 14, 2021
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, odamlardagi antitanachalar o‘z kuchini yo‘qotmoqda:
iyul-sentyabrda orttirilgan immunitetlar va antitanachalar kuchi o‘zining kuchini yo‘qotib tugatayapti
— bakiroo (@the_bakiroo) March 15, 2021
Bu bo‘yicha videoselektor bo‘ladi degan fikrlar ham yo‘q emas:
Yaqinda koronavirus, karantin va emlash bo‘yicha videoselektor bo‘ladi…
— Mufasa (@Mufasa_mh) March 15, 2021
Xushnudbekning tvitiga yozilgan izohlardan birida unga savol berilyapti:
Odamlarni shunga tayyorlashyaptimi, vahima ko‘tarib? Osongina vaksinatsiyaga rozi bo‘lishsin deb, Astra Zaneca yevropada ta’qiqlandi
— Musaffo_ (@Mister_X_Y_Z) March 15, 2021
Twitter foydalanuvchilaridan biri mart oyi nomini o‘zgartirishni taklif qildi:
Mart oyini nomini o‘zgartirsak, masalan «koronavirus"mi, yoki «karantin» debmi?
— Xushnozaning iddaolari (@xushnoza01) March 15, 2021