Aralash janglar yo‘nalishi chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov faoliyatini rasman yakunladi. Bu haqda Dana Uayt o‘z Twitter’ida e’lon qildi.

«U 100 foiz, rasman nafaqada. Sening qanday harakat qilishingni ko‘rish ajoyib edi. Barchasi uchun rahmat. Keyingi hayotingdan zavq ol do‘stim», — deb xabar qoldirdi Uayt o‘zining Twitter sahifasida.

Xabib Nurmagomedov o‘tgan yilning oktabr oyida Abu Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. U qarorini onasiga jangovar faoliyatini tugatishga va’da bergani bilan izohlagan.