Germaniya kansleri Angela Merkel va federal shtatlarning ma’murlari, videokonferensaloqa orqali bo‘lib o‘tgan 11 soatdan ortiq davom etgan uchrashuvdan so‘ng, mamlakatda COVID-19 tarqalayotgani sababli joriy etilgan karantinni uzaytirishga kelishib oldilar, deya xabar bermoqda RBK.

Karantin 18 aprelga qadar uzaytiriladi. Cheklov choralari nooziq-ovqat do‘konlari, shuningdek mehmonxonalar, restoranlar, sport zallari va dam olish maskanlarining qisman yopilishini o‘z ichiga oladi. Kansler fuqarolardan mamlakat ichkarisida ham, horijda ham sayohat qilmaslikka chaqirdi.

Bundan tashqari, Merkel 1 apreldan 5 aprelgacha Pasxa ta’tillariga cheklovlar kuchaytirilishini e’lon qildi (katoliklar bu yil Pasxani 4 aprelda nishonlaydilar). Ushbu davrda oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari barcha do‘konlar yopiq bo‘ladi. Shu bilan birga, shaxsiy yig‘ilishlar bitta xonadonda va besh kishi bilan cheklanib, jamoat yig‘ilishlari taqiqlanadi.