«O‘zbekkino» tashabbusi bilan «Kinokarvon» guruhining «Sinemobil» platformasi viloyatlar bo‘ylab filmlar namoyishini tashkil etmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Foto: «O‘zbekkino»
Hozirda mazkur ko‘chma kinoteatrda filmlar namoyishi Samarqand viloyatning Narpay tumani Balandqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘on qishloqlarida tashkil etildi.