Adliya maslahatchisi Norsuluv Rahimovna Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston bosh prokurori bu haqdagi tegishli buyruqni imzoladi, deya xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Norsuluv Soyipova Samarqandda yagona, respublikada esa tuman prokurori sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan ikki nafar ayolning biriga aylandi.
Ayni vaqtda Nilufar Allabergenova Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokurori lavozimida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.