Анвар Асамов (чапда) ва Бахтиёр Раҳимов (ўнгда)
Foto: Telegram/ Нигоҳ
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari vazifasiga o‘tdi. Uning avvalgi lavozimiga Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov tayinlandi.
Кириллчада
9 aprel 2021, 18:33
Siyosat
Bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lgan Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. 2020 yilga qadar Bojxona raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov esa uning o‘rniga investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling