Yakunlanayotgan hafta davomida O‘zbekiston dva jahonda sport sohasida qator voqea-hodisalar sodir bo‘ldi. «Gazeta.uz» ushbu hodisalarning eng muhimlaridan haftalik sport yangiliklari dayjestini tayyorladi. O‘zbek va jahon sportidagi haftaning eng muhim xabarlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

6 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi ¼ finalining dastlabki uchrashuvlari o‘tkazildi. Ispaniyaning Madrid shahrida «Real Madrid» jamoasi «Liverpul»ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga madridliklar safida Marko Asensio hamda Vinisius Junior mualliflik qilgan bo‘lsa, liverpulliklar hujumchisi Mohammad Salah javob golini urdi.

Shuningdek, o‘sha kuni Angliyada «Manchester Siti» Germaniyaning «Borussiya Dortmund» klubini qabul qildi. Uchrashuvda 2:1 hisobi qayd etildi. Gollarga manchesterliklar safidan Kevin de Bryuyne hamda Fil Foden mualliflik qilgan bo‘lsa, dortmunliklar safidan Marko Roys gol urib javob qaytardi.

7 aprel kuni Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo/Okeaniya chempionatining ikkinchi kungi bahslarida -70 kg vazn toifasida yurtiiz sharafini himoya qilgan Gulnoza Matniyazova Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, -81 kg vazndagi tajribali dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi kungi bahslarda 1 ta oltin, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chorshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-tur uchrashuvlaridan o‘rin olgan «Navbahor» — «Paxtakor» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Namangan markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:2 hisobida «Paxtakor» foydasiga hal bo‘ldi.

Bahsnining so‘nggi daqiqalarida bosh hakam tomonidan «Navbahor» darvozasi tomon belgilangan penalti bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. O‘yin yakunlangandan keyin hakamlar va «Paxtakor» futbolchilari stadionni namanganlik muxlislar tomonidan turli vositalar uloqtirilayotgan holatda tark etishdi. Shuningdek, «Navbahor» jamoasi muxlislari stadion tashqarisida ham tartibsizliklar yuzaga keltirishdi.

Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIB munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, o‘yin yakunlangach, e’tiroz bildirayotgan tomoshabinlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilib, tarqatish choralari ko‘rildi. Hakam, mehmon o‘yinchilar va «Paxtakor» fan klubining 35 nafar a’zolari nazorat ostida Namangan shahridan kuzatib qo‘yildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar orasida hech qanday talofat yoki tan jarohat olish holatlari bo‘lmadi.

Tomoshabinlar orasida faol e’tiroz bildirib, boshqalarga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olingan. Fuqarolar Davlatobod tuman IIBga olib kelinib, tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi xabarida.

O‘sha kuni Osiyo Chempionlar ligasiga saralash bosqichida Olmaliqning AGMK jamoasi Qatarning «Al-Garafa» klubiga qarshi maydonda saf tortdi. 120 daqiqa davom etgan uchrashuvda olmaliqliklar so‘nggi daqiqalarda Yovan Jokichning urgan goli evaziga g‘alabaga erishib, OCHL yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi.

Aynan olmaliqliklarning ushbu g‘alabasi Qarshining «Nasaf» klubi uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Olmaliqlik o‘z g‘alabasi orqali «Nasaf» jamoasiga OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini olib berishdi.

7 apreldan 8 aprelga o‘tar kechasi YeCHL ¼ finalining yana ikki o‘yini o‘tkazildi. Portugaliyada «Chelsi» «Portu»nining mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga jamoa safidan Meyson Maunt hamda Ben Chiluell mualliflik qilishdi.

Chorak finalning so‘nggi o‘yini Germaniyada bo‘lib o‘tdi. Myunxenning «Bavariya"si o‘z maydonida PSJ jamoasini qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Parijliklardan gollarni Killian Mbappe hamda Markinos urgan bo‘lsa, myunxenliklar safidan esa gollarga Shupo-Moting hamda Tomas Myullerlar mualliflik qilishdi.

8 aprel kuni Bishkek shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati 3-kungi bahslarida Davlat Bobonov (-90 kg) oltin, Muhammadkarim Hurramov (-100 kg) kumush va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.