Toshkentning Sergeli tumanidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasida yong‘in chiqdi. Yong‘in haqidagi xabar O‘zbekiston FVV navbatchilik qismiga 15 aprel kuni soat 23:08 da kelib tushgan.
FVV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in korxonaning 1000 kv. maydonini qurshab olgan.
Taxminan 00:10 da yong‘in qurshab, nazoratga olingan, 02:05 da to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sabablari va ko‘rilgan moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.