Prezident farmoni bilan 2021−2023 yillarda aksiyalari fond birjasida ommaviy savdo uchun joylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatga 15 ta yirik kompaniya kiritildi, biroq tender komissiyasi bilan kelishilgan holda ro‘yzat yana o‘zgartirilishi mumkin:
- «O‘zmetkombinat»
- "O‘zbekneftegaz"
- "O‘zmilliybank"
- Xalq banki
- «Agrobank»
- "Mikrokreditbank"
- "Qishloq qurilish bank"
- «Uzagrosug‘urta»
- "Qurilishmashlizing"
- "O‘zbekinvest"
- Uzbekistan Airways
- «O‘ztransgaz»
- "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati"
- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati»
- «O‘zavtosanoat».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzAuto Motors IPO o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edik.