Davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, UzAuto Motors 2021 yil yanvar-mart oylarida 44,4 ming dona avtomobil ishlab chiqardi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,2 foizga kamaygan, o‘shanda 75,6 mingta mashina ishlab chiqarilgan (31,2 mingtaga ko‘p).
2021 yilning uch oyi davomida Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish 28,5 foizga (17,7 mingdan 12,6 ming donaga), Nexia — 66,4 foizga (20,7 mingdan 6 958 tagacha), Gentra — 41,9 foizga (14,4 mingdan 8 399 tagacha), Damas — 7,1%ga (12,9 mingdan 12 minggacha), Spark — 78,2% ga (8 256 dan 1800 gacha) kamaygan. UzAuto Motors faqat Labo ishlab chiqarishni 74,4 foizga — 1470 dan 2564 tagacha oshirdi.
Avtomobil ishlab chiqarish
yanvar | fevral | mart | yanvar-mart | |
2020 | 22 000 | 27 014 | 26 621 | 75 635 |
2021 | 5 235 | 17 141 | 22 078 | 44 454 |
Avtomobil ishlab chiqarish modellar kesimida
Avtomobil modeli | yanvar 2020 / 2021 | Fevral 2020 / 2021 | Mart 2020 / 2021 | yanvar-mart 2020 / 2021 |
Cobalt | 5078 / 101 | 6301 / 6026 | 6 380 / 5 924 | 17 759 / 12 682 |
Nexia | 5962 / 88 | 7608 / 3153 | 7 151 / 3 717 | 20 721 / 6 958 |
Damas | 3989 / 4335 | 4496 / 3506 | 4485 / 4210 | 12 970 / 12 051 |
Gentra | 4340 / 2 | 5102 / 2911 | 5017 / 5486 | 14 459 / 8 399 |
Spark | 2320 / 39 | 3003 / 996 | 2933 / 765 | 8256 / 1 800 |
Labo | 311 / 670 | 504 / 549 | 655 / 1345 | 1 470 / 2 564 |
Mart oyining boshida kompaniya yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi sababli ishlab chiqarilgan avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini o‘zgartirishni режалаштираётgaниниэълон qilgan edi.