Prezidentning tegishli qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Universitet quyidagilar uchun kadrlar tayyorlaydi:
- IIV va Milliy gvardiya uchun — jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;
- Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohasida;
- qo‘riqlash tuzilmalariga ega organlar uchun — qo‘riqlash sohasining barcha yo‘nalishlarida.
2021/2022 o‘quv yilidan universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.
Qabul kvotasi bakalavriatga 300 tagacha kursantlarni, sirtqi ta’lim uchun 100 nafargacha tinglovchini tashkil etadi, deyiladi xabarda.