O‘qituvchi va talabalar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlanganligi sababli 5 ta OTM:
- Samarqand davlat universiteti;
- Jismoniy tarbiya va sport universiteti;
- Jahon tillari universiteti hamda uning akademik litseyi;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- Samarqand davlat chet tillar instituti 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Bundan avval, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ham masofaviy ta’limga o‘tganligi haqida xabar bergandik.