SSVning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 21 aprel holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87 935 nafarga yetdi. Xabar berilishicha, oxirgi sutka davomida COVID-19 infeksiyasi aniqlanganlar soni 384 nafarni tashkil etgan.
Shuningdek, ta’kidlash lozimki, oxirgi bir hafta ichida kunlik qayd etilayotgan holatlar soni 300 dan deyarli tushayotgani yo‘q. 13 apreldan boshlab COVID-19 infeksiyasi aniqlanganlar soni 200 nafardan tushmayotgan bo‘lsa, 16 aprel kuni qayd etilgan holatlar soni 300 dan oshdi. 21 aprelga kelib esa kunlik holatlar soni 400 taga yaqinlashib qoldi.
Sana | Kunlik qayd etilgan holatlar | Umumiy holatlar |
13 aprel | 212 | 85 503 |
14 aprel | 227 | 85 730 |
15 aprel | 292 | 86 022 |
16 aprel | 316 | 86 338 |
17 aprel | 342 | 86 680 |
18 aprel | 302 | 86 982 |
19 aprel | 243 | 87 225 |
20 aprel | 326 | 87 551 |
21 aprel | 384 | 87 935 |
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish holatlarining o‘sish sur’ati.
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir hafta ichida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni deyarli ikki ming nafarga oshgan.
SSVning xabar berishicha, 21 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda kasallikdan sog‘ayganlar jami 85 007 (+290) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2288 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Jons Xopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 148 mln 863 mingdan oshgan. Shundan 82 mln 418 mingdan ortiq kishi to‘liq tuzalgan va 3 mln 58 ming nafar inson vafot etgan.