Sergeli tumanida yo‘l qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-Sergeli katta suv o‘tkazgich tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.
Shu munosabat bilan 26 aprel soat 10:00 dan 27 aprel soat 10:00 gacha quyidagi manzillarda issiq va sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- 8-Issiqlik qozonxonasi;
- «Mustaqillik» MFY;
- «Do‘stlik» MFY;
- «O‘zgarish» MFY;
- Xabibiy MFY;
- Shukur Burxonov MFY;
- «Tinchlik» MFY;
- «Guliston» MFY;
- Bobur MFY;
- «Ittifoq» MFY;
- Nilufar MFY;
- «Navro‘z» MFY;
- «Xumo» MFY;
- «Yorqin hayot» MFY;
- Sug‘diyona MFY;
- «Qumariq» MFY;
- «Olchazor» MFY;
- Do‘stlik-1, 2 mavzelari;
- Sergeli-1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8-a, 9, 15, 16, 17, 18 mavzelari;
- Sergeli- A, 5A, 6A, 7A, 11A;
- Temir yo‘lchi G-40 mavzesi;
- Yo‘ldosh-16 A yangi daha;
- 8- va 9-qurilish hududi;
- 10-qurilish hududi.