Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda saharlik va iftorlik uchun taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Saharlik
Vetchina va pishloq solingan lavashli pishiriqlar
Lavashdan tayyorlaniladigan pishirig‘imizning tayyorlanilishi shu darajada oson va oddiy bo‘lib, ta’mi esa juda ham ajoyibdir. Qiyma sifatida ichiga xohlagan masalliqlaringizdan solishingiz ham mumkin.
Turkcha pide
Pide — bu milliy turkcha yegulik bo‘lib, pitssaga ham, pirogga ham o‘xshab ketadi. Bu pishiriq pitssadan farqli o‘laroq juda yumshoq chiqadi. Bunday pishiriqdan hali tayyorlamagan bo‘lsangiz, unda hozir buning ayni fursati.
Brizol
Bu tuxum va qiymadan tayyorlaniladigan universal taom bo‘lib, asosi sifatida esa xohlagan masalliqlaringizdan foydalanishingiz mumkin.
Kartoshka solib pishirilgan lavashli naychalar
Oson tayyorlaniladigan, ammo shu bilan birga mazali bo‘lmish lavashli naychalar retseptini taqdim etamiz. Ularni ketchup yoki xohlagan sous bilan birga tortishingiz mumkin.
Megrelcha xachapuri
Gruzincha xachapurilarning yana bir turi bu — Megrelcha xachapurilar bo‘lib, uning nafaqat ichiga, balki ustiga ham pishloqdan sepilishi bilan farq qiladi.
Iftorlik
Pomidorli qaylada pishirilgan frikaladekalar
Frikadelkalarga parmezan pishlog‘i solinadi va pomidorli qayla bilan birga tortiladi. Xohishga qarab siz 4 ta katta pomidorlardan foydalanishingiz ham mumkin.
Tovuq go‘shtidan qilingan lo‘la kabob
Tovuq filesidan tayyorlangan xushbo‘y va mazali lo‘la kaboblar — juda oson tayyorlanadigan taom bo‘lib, hatto pazandachilikdan umuman xabari yo‘q insonlar ham uni bemalol tayyorlay oladilar.
Okroshka
Jazirama kunlarda ba’zan ishtaha umuman yo‘qoladi. Shunday paytda ko‘pchilikka sevimli bo‘lgan yaxna sho‘rva — okroshka as qotadi.
Do‘lma
Do‘lma — bu ko‘pchiligimizning sevimli taomlarimizdan biri bo‘lib, hozir yosh tok barglaridan uni tayyorlashning ayni paytidir.
Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go‘shtidan antiqa taom
Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko‘rinish va ta’mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15