2021 yilning 27 aprel kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV Hay’atining kengaytirilgan majlisida Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi — Vazirlik rasmiy vakili lavozimiga tayinlangan Yusup Kabuljanovni tanishtirdi, deya xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Ushbu lavozimda u TIV matbuot kotibi sifatida 2020 yil martidan beri ishlagan Avazbek Xodimetovni almashtirdi.
Yusup Kabuljanov diplomatiya sohasida 2009 yildan buyon ishlaydi. 2009−2016 yillarda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ikkinchi kotibi, birinchi kotibi, Vazirlik huzuridagi «Jahon» axborot agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
2016−2018 yillarda Tashqi ishlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, 2018−2021 yillarda O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Bosh konsuli sifatida faoliyat yuritgan.