Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashning pullik bo‘lishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi, deya xabar berdi «Gazeta.uz»ga Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Sputnik V» vaksinasi bilan emlashning narxi 500 ming so‘mgacha ekanligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
«Sputnik V» vaksinasi pullik bo‘lmaydi. Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Biz «Sputnik V» vaksinasini bilan emlashni boshlashni endi rejalashtirayapmiz", — dedi matbuot kotibi.
Muhammadjon Bozorov O‘zbekiston aholisi uchun «Sputnik V» vaksinasi, boshqa vaksinalar qatori — xitoy-o‘zbek vaksinasi ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca (Hindistonda ishlab chiqarilgan Covishield) vaksinasi kabi bepul bo‘lishini ta’kidladi.
Birinchi bosqichda vaksina bilan 65 yoshdan kattalar va tibbiyot xodimlari olishadi.
27 aprel kuni O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining ikkinchi partiyasi 50 ming dozada olib kelindi. Birinchi partiya 23 aprel kuni olib kelingan, qancha dozada ekanligi ma’lum qilinmagan.
Seshanba kuni, shuningdek, O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 xitoy-o‘zbek vaksinasining 1 million dozadagi partiyasi olib kelindi. AstraZeneca vaksinasining qo‘shimcha partiyasi olib kelinishi kutilmoqda.