28 aprel kuni Uzbekistan Airports AJ boshqaruv raisi Ra’no Jo‘rayeva va boshqaruv kengashi a’zolari rahbarligida «Buxoro» xalqaro aeroporti rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aeroport direktorini almashtirish va direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchisini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Jaxongir Rahimov Buxoro xalqaro aeroporti direktori etib tayinlandi. U Buxoro xalqaro aeroportida 20 yil davomida ishlagan.
Unga yangi shtat jadvalini joriy etish va «O‘zbekiston aeroportlari» AJ rahbariyati bilan kelishilganidan so‘ng asosiy lavozimlarga menejerlarni tayinlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.