Toshkent metropolitenining “Novza” bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida to‘xtab qoldi (video). “O‘zbekiston temir yo‘llari AJ” ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Bugun soat 17:50 atrofida Toshkent metrosining Chilonzor yo‘nalishida “Milliy bog‘” va “Novza” bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtadi. Barcha yo‘lovchilar xavfsiz evakuatsiya qilindi. Poytaxt metropoliteni alohida uchastkalarda bitta yo‘ldan foydalangan holda faoliyatini davom ettirmoqda.
“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi va vaziyatni aniqlab olish uchun tezkor ravishda ishchi guruh tashkil etilganini ma’lum qiladi. Tekshiruv natijalari rasmiy manbalarda jamoatchilikka e’lon qilinadi", — deyiladi xabarda.