Bugun, aprel oyining oxirgi kuni respublika hududlari bo‘yicha Kaspiy dengizidan salqin va biroz nam havo kirib kelishi boshlandi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Kunning birinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida, kechga yaqin esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 25−28 daraja atrofida bo‘ladi.

Bugun va ertaga ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Shanba kuni faqat respublikaning eng sharqiy tumanlarida biroz beqarorlik saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li tumanlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 29−32 darajagacha, janubda 34−37 darajagacha ko‘tariladi.