Talabalar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari kuzatilganligi sababli yana 3 ta OTM:
- Toshkent davlat texnika universiteti;
- Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti;
- Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tdi.
Avvalroq, 2 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.