«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda eng mazali salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Bodring va brinzali salat
Brinza va bodringli salat — oddiy, yengil va juda mazali yegulik bo‘lib, u har qanday dasturxonni bezaydi. Ushbu salat to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladigan va parhez tutadiganlar uchun mos keladi, chunki u kam kaloriyaga ega.
Sabzavotli yorqin salat
Qizil karamning yaxshi tomoni shundaki, u deyarli har qanday salatga yorqin ranglar qo‘shishi mumkin. Ushbu salat sizning dasturxoningiz uchun haqiqiy bezakka aylanadi.
Kartoshka va marinadlangan bodringli salat
Kartoshkali salat — mazali va to‘yimli bo‘ladi. Bunday salatni ham iliq, ham sovuq holida iste’mol qilish mumkin. Bu har qanday issiq ovqatga qo‘shimcha bo‘la oladi.
Sabzavotli yengil salat
Karam va sabzavotlarga ega ushbu salat — vitaminlarga juda boydir. Ayniqsa bahor faslida ko‘proq ushbu salatni tayyorlab vitaminlarga to‘yinib olishingizni maslahat beramiz.
Makkajo‘xori va pishloqli salat
Agar sizning ovqatalanish ratsioningizda oqsil kamlik qilayotgan bo‘lsa, unda makkajo‘xori va pishloqli salat tayyorlashingizni maslahat beramiz.
Makkajo‘xori va sabzavotli salat
O‘zingizni sabzi, makkajo‘xori va bodringli foydali salat bilan siylang. Bunday salat mazli va to‘yimli bo‘lib, shuningdek vitaminlarga ham boydir.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15