Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat ishtirokidagi korxonalar o‘ntaligini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatning 8-pog‘onasida Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi o‘rin oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa 2020 yilda 82,7 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.
Mazkur statistika haqida ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Twitter tarmog‘ida turli fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu fikrlardan eng ko‘pi «Paxtakor» jamoasi haqida bo‘ldi.
Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev Xalq ta’lim vaziri 3007 ta maktabda sharoit yo‘qligi uchun byudjetdan ta’lim uchun ko‘proq pul berishni iltimos qilganini esladi:
«Paxtakor» 2020 yili 82 mlrd zarar ko‘ribdi va eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonalarining TOP-10 taligiga kirdi.
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) May 6, 2021
Davlatimiz shunchalik boy va xalqimiz o‘ziga to‘qmi???
Xalq ta’limi vaziri 3007 ta maktabda sharoit yo‘qligi sababli byudjetdan ta’lim uchun ko‘proq pul berishni iltimos qildi
«Paxtakor»ning «xalq jamoasi» deyilishi mazkur holatda ham talqin qilinmoqda:
«Paxtakor» xalq jamoasi desa ishonmaysizlar yana. Har yili 100 mlrd so‘mga yaqin pulni xalqning soliqlaridan tortib olib o‘zlashtiradigan klub xalq jamoasi bo‘lmay, nima bo‘lsin?
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) May 6, 2021
Yuqoridagi tvit ostida esa e’tirozlar ham mavjud. Boshqa bir huquqshunos Furqat Tojiyevning fikri:
Buni davlat ulushi bo‘lgan MCHJ 82 mlrd so‘m zarar ko‘rgan deb talqin qilish to‘g‘riroq bo‘ladi. 82 mlrd so‘mni hammasi davlatni puli ekanligi faktmas. Qo‘shilgan ulush doirasida zarar ko‘rganmiz))
— Furqat Tojiev (@FurqatTojiev) May 6, 2021
Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev biror fikr bildirishdan avval klubning o‘zidan so‘rash kerakligiga iddao qilmoqda:
Paxtakor FK 2020 yilda davlat byudjetidan pul olganmi? Bir narsani yozishdan oldin, klub uzidan surasa bulmidimi? https://t.co/fN5Slre5A9
— Alisher Nikimbaev (@nikimbaev) May 6, 2021
Iqtisodchi Otabek Bakirov esa O‘zbekistonda birorta ham xususiy futbol klubi yo‘qligini aytdi:
O‘zbekistonda bironta xususiy futbol klubi yo‘q. Parazitlashgan biron bir korchalonga toppshirilgan klublar bor. Korchalon evaziga yirik va qimmat davlat buyurtmalarini emishi kafolatlangan.
— bakiroo (@the_bakiroo) May 6, 2021
Andijonning haqini perchatka va shprits orqali kasallar to‘layapti.
Izohsiz:
Paxtakor xususiy klub, byudjetdan pul olmaydi deganlarni basharasiga tashatib-tashatvorsangda!!! https://t.co/oNb8M8IRtG
— Navqiron (@Navqiron) May 6, 2021
Mazkur tvit ostida esa «Paxtakor»ning byudjetdan pul olmasligi haqida tushuntirish berishgan:
Byudjetdan omaydi, 20 foiz ulushi xokimiyatga tegishli bo‘lgani uchun shu ro‘yxatda. Ishonchli boshqaruvga berilgan i SFI tarafdan moliyalashtirilgan. Vot shu masalani tahlil qilishsin, qanaqa shartda berilgan va nima bo‘lgan, chunki ularga 2−3 katta kombinat berilgan
— Bemalolxo'ja (@xotirijam) May 6, 2021
Paxtakor byudjetdan 2017 yildan buyon (undan oldin bilmayman) 1 tiyinam olmagan. Hammasi homiylik. Bu ro‘yhatga tushish sababi 20% ulushi davlatniki. Shunichun gapizni «oxirigacha tushunmay bir-balola diganlani»ga almashtirsak nima dis?
— Moto-moto (@name__me) May 6, 2021
Aytishlaricha, «Paxtakor»ni mazkur ro‘yxatga Twitter’da muhokama bo‘lishi uchun «qo‘shishgan ekan»:
Paxtakorni tvitterda tortishishsin deb nishon uchun qo‘shishgan, Havo yo‘llarini aytinglar
— Herolion (@Aslanov_K) May 6, 2021
Foydalanuvchilardan biri Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lumotlari noto‘g‘ri bo‘lsa «Paxtakor» futbol klubi ularni sudga berishi mumkinligini ta’kidladi:
Agentlik Paxtakor borasida bergan malumoti notugri bulsa, klub raxbariyati sudga bersin. Duxi yetarmikan?
— Azamat (@Karshiev_A) May 6, 2021
Ma’lumot uchun, «Paxtakor» futbol klubi mazkur holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.
«Paxtakor futbol klubi» MCHJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi 3227-sonli «Paxtakor» futbol klubining moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, investitsiya shartlarini bajargan holatda 80 foiz ulushi «SFI Management Group» MCHJga o‘tishi va klubning ustav fondidagi 20 foiz ulushini Toshkent shahar hokimligida saqlab qolish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan.
Shu vaqtdan buyon «Paxtakor» futbol klubi byudjeti to‘lig‘icha «SFI Management Group» MCHJ tomonidan shakllantirib kelingan.
«Paxtakor» futbol klubi o‘tgan yillar mobaynida davlat byudjetidan umuman mablag‘ olmaganligini ma’lum qilamiz", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, futbol klubi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tarqatish uchun tayyorlagan ma’lumotlarining to‘g‘ri va xolis ekani bo‘yicha majburiyatga egaligini unutmasligi lozimligini eslatib o‘tdi.