Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, Toshkent shahrida 13 may kuni jamoat transportlari yo‘nalishlar bo‘yicha soat 4:00 dan ish boshlaydi, deya xabar berdi «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.

Bayram kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi:

  • 13 may. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarning ish boshlash vaqti soat 4:00 dan boshlanadi;
  • 14 may. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 15 may. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 16 may. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshshahartransxizmat» 11 may kuni Xristian dinining «Ota-onalarni xotirlash» tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.