2021 yilning birinchi choragida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning sof foydasi 95,69 mlrd so‘mni (Markaziy bankning 17 maydagi kursi bo‘yicha 9 mln dollar atrofida) tashkil etdi. Spot kompaniyaning moliyaviy hisobotidagi ushbu ma’lumotlarga e’tiborni qaratdi.
O‘tgan yilning birinchi choragida foyda 106,8 mlrd so‘mni tashkil etgan edi, bu joriy ko‘rsatkichdan 11,1 milliard so‘mga ko‘proq (bu va keyingi ma’lumotlar 2020 yil birinchi choragiga nisbatan).
2021 yilning dastlabki uch oyida sof daromad 2,3 trln so‘mgacha (2,1 trln so‘m bo‘lgan edi), tannarxi esa 1,6 trln so‘mgacha (1,3 trillion) o‘sdi.
Ushbu davrda xarajatlar 297,6 mlrd so‘mgacha (227,5 mlrd), moliyaviy faoliyat xarajatlari 726,9 mlrd so‘mgacha (695,6 mlrd so‘m) oshdi. Asosiy faoliyatdan olingan foyda 512 mlrd so‘mga (671,9 mlrd) tushdi.
Shu bilan birga, moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar 2,1 baravarga — 153,3 mlrd so‘mdan 331,7 mlrd so‘mgacha ko‘paygan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» birinchi chorakda 21,2 mlrd so‘m (22,6 mlrd so‘m) miqdorida soliq to‘ladi.
Kompaniya 2020 yilni 352,7 mlrd so‘mlik zararlar bilan yakunladi, 2019 yilda esa sof foyda 850 mlrd so‘mdan, 2018 yilda esa 974 mlrd so‘mdan oshgan edi.
Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumotlar o‘zgargan. Dastlab, EPKI foyda emas, balki 95,69 milliard so‘m miqdoridagi zararni eslatib o‘tdi.