19 may kuni soat 14:45da Qo‘qon shahar Oqtosh ko‘chasida joylashgan «O‘zbekneftegaz» ga qarashli «UzGazOil» AYOQSH xududida GAZ-53 yoqilg‘i tashish avtomobili (benzovoz) yoqilg‘i to‘kish vaqtida yondi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
FVV hududiy boshqarmasining 8ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari tomonidan yoqilg‘i tashuvchi avtomobil to‘liq o‘chirildi.
Jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.