Humans doim o‘z mijozlariga qiziqarli xizmatlarni taklif etishga intiladi: brend joriy etilishi davrida aloqa xizmatlarini bepul taqdim etdi, odatiy tariflar o‘rniga konstruktor taklif qildi, cheksiz trafikli ilovalarni ishga tushirdi.

Cheksiz ilovalarga talab 2020 yilda kuchayib bordi, hozirgi kunga kelib ham foydalanuvchilar tomonidan talab yuqori darajada.

O‘zbekistonliklar ishlashlari, o‘qishlari, muloqot qilishlari hamda kerakli axborot olishlari qulay bo‘lishi uchun Humans aniq belgilangan narxda ZOOM va boshqa ommabop ilovalar (YouTube, Telegram, Facebook, Instagram, Odnoklassniki.ru, VKontakte va boshqalar)dan trafik cheklovisiz foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Mijoz faqat o‘zi haqiqatdan ham istagan xizmatlardan foydalanishni boshladi: faqat YouTube ilovasidan foydalanishni xohlasa — 15 000 UZSga 30 kunga «Cheksiz YouTubye» xizmatini ulashi mumkin. Ortiqcha daqiqalar, SMS hamda boshqa xizmatlar majburiy ravishda belgilanmaydi. Shuningdek, mijoz xizmat narxi qancha bo‘lsa, shuncha pul to‘laydi — ortiqcha bir so‘m ham olinmaydi. Chunki Humans ulangan xizmatlar doirasidan tashqari qo‘shimcha kunlik yoki oylik abonent to‘lovlarini yechib olmaydi. Albatta, yashirin to‘lovlar ham yo‘q.


Yangi xizmatlarni ishga tushirish hamda ularni takomillashtirish uchun kompaniya Telegram-kanalida so‘rovlar o‘tkazadi. Shunday qilib yaqinda mijozlarning xohishiga ko‘ra Spotify musiqa striming servisidan bepul foydalanish imkoniyati HUMANS.uz ilovasiga qo‘shildi.

Bir nechta cheksiz ilovalardan foydalanuvchi hamda gigabaytlarni juda ko‘p miqdorda sarflaydiganlar uchun kompaniya cheksiz trafikli internet narxini 90 000 so‘mdan 50 000 so‘mgacha pasaytirdi. Mazkur tashabbus butun dunyo bo‘ylab cheksiz internet narxi oshib borayotgan bir paytda qabul qilindi.

Humans odamlar uchun chindan ham foyda olib keluvchi, ularning pulini va vaqtini tejaydigan xizmatlarni yaratadi.

«2020 yilda boshlangan pandemiya davrida ZOOM ilovasidan foydalanishga talab bir necha oy ichida 20 karraga (dunyo bo‘ylab 10 million nafar foydalanuvchidan 200 milliongacha) oshdi. Buning sababi, ilovadan nafaqat tijoriy segmentdagilar, balki masofadan turib o‘qishga majbur bo‘lgan odamlar ham foydalanishni boshlaganida. O‘zbekiston aholisi ham bundan mustasno emas».

Reklama huquqlari asosida.