O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida chegaraviy hamkorlik idoralari ochildi

18 may kuni O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi “Quduqli” (O‘zbekiston) va “Paxtaobod” (Tojikiiston) temir yo‘l nazorat-o‘tkazish punktlarida ikkita chegaraviy hamkorlik idorasi ochildi.

“Poytaxt Bank” va “O‘zagroeksportbank” xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Poytaxt Bank” va “O‘zagroeksportbank” ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari sotilayotganini e’lon qildi. Xalqaro Deloitte va Grant Thornton konsalting kompaniyalari xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlandi.

Navoiylik tadbirkorlarga bepul dastgoh va maxsus texnikalar topshirildi

Navoiy viloyatida tadbirkorlarga BMTTDning texnik ko‘magi asosida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish yoki mavjdudlarini kengaytirishlari uchun 37 dona ishlab chiqarish dastgohlari va maxsus texnikalar topshirildi.

Avariyalar natijasida 4 oyda 557 kishi halok bo‘ldi

2021 yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda 2242 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 1684 kishi jarohatlangan, 557 kishi esa vafot etgan. Tahlillarga ko‘ra, aprel oyining o‘zida piyodalar ishtirokidagi avariya — 318 tani, bolalar bilan bog‘liq hodisa esa — 148 tani tashkil etgan.

Avariyalar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillar qatorida tezlikni oshirish — 32,4 foiz, piyodalar o‘tish yo‘laklari yo‘qligi sababli belgilanmagan joydan o‘tish — 16,2 foiz, ustuvor huquqqa ega transport vositasini o‘tkazib yubormaslik — 11,6 foiz, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish — 9,3 foizni tashkil etgan.

Qibrayda qulupnay dalasi buzilgan dehqonlarga tovon pullari to‘landi

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qulupnay dalasida ishlagan dehqonlarga 20 may kuni yo‘q qilingan hosil uchun tovon pullari to‘lab berildi. Har bir gektardagi hosil uchun ular 20 mln so‘mdan olishdi.

Avvalroq, Qibraydagi qulupnay dalalaridan biri buldozer bilan buzib tashlanayotgani aks etgan video tarqalgani hamda yer egasi va ijarachilariga tovon pulini to‘lashga va’da berilgani haqida xabar bergan edik.

Yangi O‘zbekiston universiteti ochiladi — Behzod Musayev

O‘zbekistonda “Yangi O‘zbekiston” universiteti ochiladi. Bu haqda 21 may kuni “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevning ma’lum qildi.

Dam olish kunlari havo issiq bo‘ladi

Dam olish kunlari havo harorati me’yordan oshib, kun davomida 29−34 darajagacha ko‘tariladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.

“O‘zbekiston uchun YeOII bilan o‘zaro aloqalarning aniq natijalari muhim” — prezident

“O‘zbekiston uchun kuzatuvchi sifatida YeOII bilan o‘zaro aloqalarning aniq, sezilarli natijalariga erishishni ta’minlash muhim”, — deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev OEIK majlisida. U “o‘zaro muvofiqlashgan yondashuvlarni talab etuvchi” vazifalarni sanab o‘tdi va ittifoq davlatlari o‘rtasida muntazam avia va temir yo‘l yo‘lovchi qatnovlarini qayta tiklashni taklif qildi.