O‘zbekistonda 15 aprel madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilanadi
Senatorlar 15 aprel sanasini O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlari kuni etib belgilashga oid qonunni ma’qulladi. Mazkur sana 1935 yil 15 aprelda Vashingtonda imzolangan “Rerix pakti” xalqaro shartnomasi bilan bog‘liq. Shuningdek, qonun bilan soha fidokorlari ayni shu kuni “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan takdirlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Senatorlar Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qulladi
Senatning 15 yalpi majlisida Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi ma’qullandi. Unga ko‘ra, endilikda saylov byulletenida nomzodning egallab turgan lavozimi, ish joyi ko‘rsatilmasligi, qolaversa, fuqarolar ovoz berishda nafaqat pasport, balki ID-kartalar orqali ham o‘z shaxsini tasdiqlashi mumkin.
“Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak” — prezident
“Endi tizim bundan ham qattiq bo‘ladi, mana shuni bilinglar. Qonun ustuvor — jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga ishonishi kerak. Hamma hokim xulosa qilishi kerak”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Prezident korrupsiyaning oldini olish uchun sohalarni raqamlashtirish zarurligini qayd etdi.
Xorazmdagi ikkita avariya oqibatida 5 nafar maktab o‘quvchisi vafot etdi
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida Nexia avtomobili 11 nafar yuqori sinf o‘quvchilarini urib ketdi. Olgan tan jarohatlari oqibatida ulardan uch nafari voqea joyida, yana bir nafari shifoxonada olamdan ko‘z yumgan. Urganch tumanida sodir bo‘lgan boshqa bir YTHda yuk mashinasi 2-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan, ulardan biri voqea joyida vafot etgan.
“Ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma bergan”. IIV Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi
IIV Andijonda 5 oylik kelinning zo‘rlangani holati bo‘yicha tergov harakatlari davomida aniqlangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, “ayol ayrim shaxslar majbur qilgani uchun ilojsizlikdan yolg‘on ko‘rsatma berganini aytgan”. Sud tibbiy ekspertizasi esa jabrlanuvchi badanida zo‘rlik alomatlari yo‘qligini aniqlagan. Jinoyat ishining olti nafar gumondorga tegishli qismi tugatiladi.
Toshkent va Moskva “Sputnik V"ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib oldi
Toshkent va Moskva O‘zbekiston hududida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi, deya ma’lum qildi RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko. O‘zbekiston tomoni ushbu taklifni 2020 yilning dekabridayoq bildirgandi. O‘shanda ishlab chiqarish maydoni sifatida Tashkent Pharma Park hududi taklif etilgan.
1 iyundan internet tezligi “…gacha” qo‘shimchasisiz ko‘rsatiladi
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi operator va provayderlarga 1 iyundan boshlab internet tezligi tariflarini “…gacha” qo‘shimchasisiz ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi. Shu bilan O‘zbekiston nogironlar uchun infratuzilmalarni takomillashtirish hamda ularning huquqlarini kafolatlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi
Senatorlar O‘zbekiston Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladilar. PDXX 2018 yil yanvarida tashkil etilgan, biroq uning faoliyati davlat rahbarining yopiq qarorlari asosida tartibga solinar edi.