24−31 may kunlari BAAda boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.
31 may kuni o‘tkazilgan final bahslarida 10 vazn toifasidan 7 tasida o‘zbekistonlik bokschilar qit’a chempionligi uchun bahs olib borishdi. Ularning 6 nafari esa terma jamoa hisobiga oltin medallarni taqdim qildi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi mazkur musobaqada erishgan natijalari quyidagicha bo‘ldi:
Oltin:
- -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- -52 kg: Shahobiddin Zoirov
- -69 kg: Bobousmon Baturov
- -75 kg: Saidjamshid Jafarov
- -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
- +91 kg: Bahodir Jalolov
Kumush:
- -56 kg: Mizaziz Mirzahalilov
Bronza:
- -60 kg: Abdumalik Xalakov
- -64 kg: Elnur Abduraimov
- -91 kg: Sanjar Tursunov
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Shu tariqa, bokschilar o‘z yo‘nalishlarida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi ushbu chempionatni 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medal bilan yakunlashdi.