Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida avariya oqibatida ota va bola vafot etdi, deya xabar bermoqda YHXBB axborot xizmati.

Hodisa 30 may kuni soat 6:10 larda Shahrisabz tumani Mo‘mirabod qishloq hududidan o‘tuvchi 4K-307 Shahrisabz-Miroqi avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Damas rusumli avtomashina haydovchisi Miroqi — Shahrisabz bo‘ylab boshqarib kelayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan quvib o‘tishga uringan Lacetti bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas haydovchisi va uning ichida bo‘lgan farzandi og‘ir tan jarohati olib vafot etdi. Lacetti haydovchisi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.