Toshkent shahrida 3−7 iyun kunlari shu kun uchun rekord issiq havo haroratlari qayd etildi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet
Toshkent shahrida 3−7 iyun kunlari kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli o‘tgan asr boshlari va XIX asr oxirlarida ushbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi. Toshkent shahrida kuzatuvlar tarixida qayd etilgan eng yuqori havo harorati +44,6 darajaga yetgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 1997 yil 18 iyulda kuzatilgan.
Sana | 2021 yilda qayd etilgan maksimal havo harorati, °S | Mutlaq maksimal havo harorati, °S (yil) | O‘rtacha sutkali havo haroratining ko‘p yillik shu davr uchun me’yoriy qiymatdan chetlashishi, °S |
3 iyun | +38,2 | +37,8 (1895) | +8,2 |
4 iyun | +39,2 | +38,3 (1900) | +6,5 |
5 iyun | +41,6 | +38,6 (2008) | +8,2 |
6 iyun | +42,6 | +38,5 (1911) | +9,9 |
7 iyun | +40,8 | +39,7(1894) | +9.6 |
Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni 3−7 iyun kunlari O‘zbekiston hududlarida Eron hududlaridan issiq havo massalari kirib kelishi, havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi va o‘rtacha sutkalik havo haroratining shu kunlar uchun xos bo‘lgani iqlimiy me’yor qiymatlaridan 7−10 daraja yuqorilashi to‘g‘risida xabar berilgandi.