Massachusets texnologiya instituti QS World University Rankings 2022 reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu institut 2012 yildan beri birinchi o‘rinni egallab keladi.
QS World University Rankings 2022 bo‘yicha top-10 universitetlar:
- Massachusets texnologiya instituti (AQSh)
- Oksford universiteti (Buyuk Britaniya)
- Stenford universiteti (AQSh)
- Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)
- Garvard universiteti (AQSh)
- Kaliforniya texnologiya universiteti (AQSh)
- London imperial kolleji (Buyuk Britaniya)
- Syurixdagi Shveysariya federal texnologiya instituti (Shveysariya)
- UCL — London Universitet kolleji (Buyuk Britaniya)
- Chikago universiteti (AQSh).
Reyting dunyo bo‘ylab 1300 ta universitetni o‘z ichiga olgan.
Muassasalar oltita mezon bo‘yicha baholangan:
- universitetning akademik mavqesi;
- ish beruvchilar orasidagi mavqesi;
- o‘qituvchilar va talabalar nisbati;
- universitetning iqtiboslarda keltirilish ko‘lami;
- umumiy o‘qituvchilar orasida xalqaro o‘qituvchilar nisbati;
- umumiy talabalar orasida xalqaro talabalar nisbati.