Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlati rahbarini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Foto: prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevni kutib olishda ko‘plab yoshlar va ijodiy jamoalar ham ishtirok etdi.
Davlat rahbarlari muzokaralar davomida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston sherikligining keng ko‘lamli kun tartibini ko‘rib chiqadilar hamda xalqaro va mintaqaviy darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almashadilar.
Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.