Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 572 988 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 572 101 doza, 2-bosqichda emlanganlar 960 670 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 40 217 nafarni tashkil qildi.

11 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 43 380 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 20 279 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 15 016, 3-bosqich emlanganlar 8085 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (308 288 doza), Namangan viloyatida (300 418 doza), Andijon viloyatida (301 289doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 314 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 11 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103 206 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 229 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 99 152 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 705 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3349 nafar bemor davolanmoqda.