JCH-2022 saralash bosqichi: O‘zbekiston Yaman ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman terma jamoasiga bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Jaloliddin Masharipov tomonidan penaltidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limda esa Odil Ahmedov Yaman darvozasi tomon qo‘yilgan ikkinchi penaltini golga aylantira olmadi.

O‘zbekiston Afg‘onistonga 1000 ta kislorod ballonini yubordi

O‘zbekiston Afg‘onistonga shoshilinch gumanitar yordamni ko‘rsatdi. Qo‘shni afg‘on mamlakatiga 1000 dona kislorod ballonlari yuborildi.

“Uzbekistan Airways” chiptalari xorijiy aviakompaniyalar chiptalari narxidan 148 foizga qimmat — Senat

Senat so‘roviga muvofiq, Antimonopol qo‘mita “Uzbekistan Airways” chiptalari narxining qimmatligi sabablarini o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, milliy aviatashuvchining chiptalari Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya aviakompaniyalarining chiptalari narxidan 36 foizdan 148 foizgacha qimmatligi aniqlandi. Bunga, raqobat muhiti rivojlanmagani, kompaniya arzon aviachiptalarni sotuvga chiqarmagani, qolaversa, taklifni sun’iy kamaytirish orqali talabni oshirish va narxni qimmatligicha saqlab qolish sabab bo‘lgani aytilmoqda.

2 mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident qarori bilan 2021−2022 yillarda bolalarni bog‘cha bilan qamrab olish darajasi past hududlarda 2 mingta oilaviy nodavlat MTTlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilanmoqda. Buning natijasida yana 50 ming tarbiyalanuvchi bog‘cha bilan qamrab olinadi. Oilaviy bog‘chalarni tashkil etuvchilarga 30 mln so‘mgacha 5 foizli kredit beriladi.

Shohjahon Ergashev Salimu Jengoni texnik nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoni texnik nokautga uchratdi. Salimu Jengo muvozanatdan chiqqanidan so‘ng referi jang yakunlanganini e’lon qildi. Bokschilarning bahsni davom ettirishni talab qilganiga qaramay qaror o‘zgarmadi.

Namangan viloyati IIB kuchuk daraxtga osilgani tasvirlangan video yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan daraxtga osilgan kuchukning videosi Namangan viloyatining Chortoq tumanida tasvirga olingan. Viloyat IIB hozir kuchukning ahvoli yaxshiligi va aybdorlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteniga rahbar etib tayinlandi

Toshkentning sobiq hokimi va transport vazirining sobiq o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi o‘rinbosari — Toshkent metropoliteni boshlig‘i etib tayinlandi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Toshkent tarixi xaritalarda: eski shahar qal’asining 12 darvozasi va O‘rdaning aniq joylashgan o‘rni

Toshkent eski shahar qal’asining 12 darvozasi va O‘rda bugungi kunda qayerda joylashgan bo‘lar edi? Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti direktori o‘rinbosari Kamoliddin Fayzullayev batafsil so‘zlab beradi. Poytaxtning qadimiy xaritalari va yuqorida sanab o‘tilgan obyektlarning bugungi kundagi joy holatiga nisbatan joylashishi bilan Toshkent hokimligi tomonidan ishga tushirilgan interaktiv platformada tanishish mumkin.