11 iyundan 12 iyunga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi 2-bosqichi doirasida oltinchi o‘yinini Yaman terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limning 19-daqiqasida Jaloliddin Masharipov penaltidan gol urib, O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqid. O‘yinning ikkinchi bo‘limida Yaman termasi darvozasi tomon yana bir bor penalti qo‘yildi. Odil Ahmedov esa ushbu vaziyatdan unumli foydalan olmadi va shu tariqa uchrashuvda 1:0 hisobi saqlab qolindi.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

«Juda qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Shunday bo‘lishini kutgan edim. Kimdir bizning osonlikcha g‘alaba qozonishimizni kutgan bo‘lishi mumkin. Ammo Yaman yaxshi o‘yin ko‘rsata olishini bilardim. Ular Saudiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan.

Biz o‘zimizning o‘yinimizni namoyish etdik. Bilishimcha, parallel bahsda Saudiya ham katta qiyinchilikka duch kelgan va ancha muddat davomida gol ura olmagan. Endi issiq ob-havoda Saudiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

Shogirdlarimini g‘alaba bilan tabriklayman. So‘nggi daqiqalar hayajonli tarzda o‘tdi va biz o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik", — deydi u.

Mazkur bahsdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 15 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 1-pog‘onadagi Saudiya Arabistonida esa 17 ochko mavjud. Mazkur ikki terma jamoa 15 iyundan 16 iyunga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 23:00 da o‘zaro kuch sinashadi.

Video

To‘liq o‘yin

Foto




Barcha fotolar: O‘FA matbuot xizmati