O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashining 2-bosqich so‘nggi o‘yinida Saudiya Arabistoniga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa O‘zbekiston Jahon chempionatidan quruq qoldi.
Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Twitter tarmog‘ida turli fikr-mulohazalar bildirildi. «Gazeta.uz» ularning ayrimlarini to‘pladi.
O‘zbekiston terma jamoasi avvallari hech qachon saralashning 2-bosqichida qolib ketmagan edi. Bu safargi holat esa o‘ziga xos antirekord bo‘ldi:
Kstati, Yangi O‘zbekistonning mutlaqo yangi natijasi bo‘ldi. Tarixda bo‘lmagan
— ™ (@murodov_) June 15, 2021
Yuqoridagi tvitning biroz boshqacharog‘i:
Eski O‘zbekistonda hech bo‘masa so‘ngi bosqichga chiqardik
— Navruzbek (@navik21) June 15, 2021
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha:
Hamma durangga pozitsiya ochayotganda, gardkamchi Abramov saudiyaning yirik g‘alabasiga stavka qo‘ygan.
— bakiroo (@the_bakiroo) June 15, 2021
Saudiya Arabistonining g‘alabasi haqida:
Saudlarni haloli bo‘sin. Zo‘r o‘ynashdi, yorvorishdi. 3−0 ga yutayotgandayam tomog‘idan tomiri ko‘rinib baqirib yurgan murabbiyigayam malades. Biz oshga qaraylik, sovumasin.
— Alimoff (@Iplosello) June 15, 2021
O‘zbek muxlisining jon kuydirib yozgan tviti:
O‘zbekiston termasi Abramov, Qosimov, Babayan atrofida aylanib yuraveradi. Har biri kelganda o‘zini lyubimchiklarini opkeladi. O‘rtada muxlislar ahmoq bo‘p qolaveradi.
— G‘ayrat Yo‘ldosh (@Gayrat_Yuldosh) June 15, 2021
O‘sha mashhur film yodingizdami?
Onamdan qolgan toshoyna qani? pic.twitter.com/ocHbsOz3vz
— Navruzbek (@navik21) June 15, 2021
Shoumen Mirshakar Fayzullayevdan tvit:
Bulardan shunchalik qilib, «yutqazsa srazu qoʻyvoraman» deb birorta hazilimni kesibam qoʻymabman
— Mirshakar (@F_Mirshakar) June 15, 2021
2021 yil avvalida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yangicha strategiya asosida tayyorlanish maqsadida Parijda qatnashishi mumkin bo‘lgan avlod vakillari ishtirokida jamoa tuzildi. «Olimpik» nomi ostida yangi futbol klubi tashkil etilgan edi. Ushbu loyiha haqida:
Ha yana bitta gap. Dunyodagi eng foydasiz loyihalardan biri mana shu Olimpik https://t.co/JxuMVSyByV
— ™ (@murodov_) June 15, 2021
Izohsiz:
Ko‘nglini og‘ritgansizlar… pic.twitter.com/qXd9UjmVq4
— Navqiron (@Navqiron) June 15, 2021
Siz bu borada qanday fikrdasiz?
O‘zbekiston JCHga chiqquncha uje JCHlari o‘tqazilmasayam kerak.
— Yangi Jasurbay… (@JasurNormetov) June 15, 2021
26 mart kuni yozilgan tvit:
Abramovning eng katta yutug‘i bu terma jamoadan hech kim kutmaganda iste’foga chiqarilganida edi. O‘shanda hamma dodlab qolgandi. Ko‘pchilik uchun geroy bo‘lib bo‘gan. O‘sha obro‘sini hech qachon qaytara olmaydi. Bu jamoa oxirgi saralash bosqichigayam chiqa olmay antirekord o‘rnatadi izb qipqo‘yinglar
— ™ (@murodov_) March 26, 2021
Yangi shior haqida:
Shiorni qara))))
— Bobur Fozilxon o‘g‘li (@BoburAkmalov) June 15, 2021
Sani shioringgina yangi, O‘zbekiston eski)))) pic.twitter.com/WPP1QLt1tS
«Futbol esa o‘sha-o‘shadir…»
Umrim bino bo‘lib ilgargi yil ikki qator she’r yozgandim. Mlin. Doim aktual bo‘ldi
— Elmurod Ermatov (@elmurod6904) June 15, 2021
O‘ZBEKISTON BU — SO‘LIM GO‘SHADIR,
FUTBOLI ESA O‘SHA-O‘SHADIR. pic.twitter.com/Z0y7xm7oAh
Bu holat ko‘pchilikda bo‘lgan bo‘lishi mumkin:
Hozir qayerdadir dadasi bilan uxlamay futbol ko‘rib, ich ichidan xo‘rligi kelib turgan 9−10 yoshli bolani o‘ylab ichim ezilib ketyapti. Bor bunday bolalar. Biz ham bo‘lganmiz.
— Alimoff (@Iplosello) June 15, 2021
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng eng yaxshi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar ichida 7-o‘rinni egalladi. Ular Ummon, Iroq, Vetnam, Xitoy, Livan hamda Tojikistondan keyingi o‘ringa ega chiqdi. Shu tariqa O‘zbekiston Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatidan quruq qoldi.