Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 695 058 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 623 764 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 002 919 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 68 375 nafarni tashkil qildi.

15 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 41 373 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 18 137 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 12 890, 3-bosqich emlanganlar 10 346 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (321 690 doza), Namangan viloyatida (312 573 doza), Andijon viloyatida (311 864 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 350 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 15 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 463 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 342 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 100 328 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 711 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3424 nafar bemor davolanmoqda.