16 iyun kuni «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda Huquqiy Axborot Telegram kanali.
Farmonga ko‘ra, endilikda quyidagi imtihonlarni o‘tkazish jarayonini internetda jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi:
- OTMning bakalavriat va magistratura imtihonlari;
- o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq imtihonlar;
- nostrifikatsiya test sinovlari.
Ma’lumotga ko‘ra, 2021−2022 o‘quv yili qabuligacha imtihonlarni internetda jonli efirga uzatishni ta’minlaydigan, barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan «imtihon.uz» veb-platformasi ishga tushiriladi.