4 iyuldan boshlab «Uzbekistan Airways» AJ Toshkent — Tbilisi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yakshanba kuni qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi. Haftasiga umumiy hisobda uchta muntazam aviaqatnov: seshanba, juma va yakshanba kunlari bajariladi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Yakshanba kunidagi yangi aviaqatnovning uchish vaqti:
- Toshkentdan Tblisiga 08:10 — 10:30;
- Tbilisidan Toshkentga 11:30 — 15:30.
Aviachipta narxlari:
- Toshkent — Tbilisi 2 340 000 so‘mdan;
- Toshkent — Tbilisi — Toshkent 4 070 000 so‘mdan boshlanadi.