Bugun, 29 iyun kuni O‘zbekistonga yana 1 mln doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 6-partiyasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun bundan avval ZF-UZ-VAC2001'ning: 27 martda — 1 mln doza, 27 aprelda — 1 mln doza, 18 mayda — 1 mln doza, 19 mayda — 500 ming doza, 10 iyunda — 1 mln doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 6,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,4 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.
Ertaga ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 mln dozasi keltirilishi kutilmoqda.