Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 258 ta tug‘ilish qayd etilgan.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni quyidagicha:
- Samarqand viloyati — 47 439 ta;
- Farg‘ona viloyati — 43 588 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 41 944 ta;
- Andijon viloyati — 36 678 ta;
- Surxondaryo viloyati — 35 653 ta;
- Namangan viloyati — 33 788 ta;
- Toshkent viloyati — 32 664 ta;
- Toshkent shahri — 28 047 ta;
- Jizzax viloyati — 18 405 ta;
- Buxoro viloyati — 17 859 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 16 791 ta;
- Xorazm viloyati — 16 583 ta;
- Navoiy viloyati — 11 686 ta;
- Sirdaryo viloyati — 10 133 ta.
Shuningdek, iyun oyida Samarqand viloyatida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan. Iyun oyida eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan uchta hudud quyidagilar:
- Samarqand viloyati — 10 055 ta;
- Farg‘ona viloyati — 8 614 ta;
- Andijon viloyati — 7 148 ta.