O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklandi, deya xabar bermoqda «O‘zkomnazorat» axborot xizmati. Faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar nomi ko‘rsatilmagan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Twitter, TikTok va VKontakte faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini aytmoqda.
Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Twitter va Telegram tarmog‘ida turli fikr-mulohazalar bildirildi. «Gazeta.uz» ularning ayrimlarini to‘pladi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Senat raisi tvitlarini VPN orqali yozadimi deb so‘ramoqda:
Qiziq, O‘zbekistonning amaldagi ikkinchi odami Tanzila Narbayeva @TNarbaeva tvitlarini VPN ishlatib yozayaptimikan?
— bakiroo (@the_bakiroo) July 2, 2021
Deputat Doniyor G‘aniyevning ta’kidlashicha, «shunday yaxshi qonunni qabul qilgan deputatlarni „duo“ qilib qo‘yish kerak»:
Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risidagi qonun talablarini bajarmagani uchun ayrim ijtimoiy tarmoqlar bugundan bloklanibdi.
— Doniyor Ganiyev (@MP_Ganiyev) July 2, 2021
Ichida Tweeter ham bor emish.
Nima ham derdik, shunday yaxshi qonunni qabul qilgan biz deputatlarni «duo» qilib qo’yorasizlar)))https://t.co/RsPmkewiUU
Daryo fotomuxbiri Madina Nurmani VPN`ni eslayapti:
VPN, VPNjonim, VPNqizg’aldoq
— Nurmanova Madina (@madina_nurman) July 2, 2021
Sarkazmli tvit:
Tvitter va tiktok faqat «O‘zbek» — Xitoy vaksinasini olganlarga yeqib berilarkan
— Kurbanoff.net (@KurbanoffNet) July 2, 2021
Yana bir foydalanuvchidan koronavirus va karantin haqida tvit:
Tik-tok shunday qilib O‘zbekistondan karantinga olindimi?)
— Navruzbek (@navik21) July 2, 2021
Bloger Shahnoza Soatovaning o‘g‘lining telefonida TikTok ishlayapti:
Nimaga hammada ishlamayotgan Tik-tok mani bollarimni telefonida ishlayaptiArini o‘ldirmovdim-kuuu
— Shahnoza Soatova (@ShahnozaSoatova) July 2, 2021
Yana bir bloger Xushnud Xudoyberdiyev Telegram`ni bloklamasliklaridan umid qilyapti:
Ishqilib, Telegramni bloklab qo‘yishmasinda.
— Xushnud Xudoyberdiyev (@xushnudbeck) July 2, 2021
Mehmonxona va kafelarni karantin sabab yopishganida tadbirkorlarga rosa qiyin bo‘lgan ekan-a?)
VPN`dan foydalanishni boshlagan foydalanuvchilar:
Qalban Germaniyaga sayohat) pic.twitter.com/ndIYG3I12n
-Ꭰr.Ꮪhᴀᴋhʙᴏzʙᴇᴋ Ꮶhᴀʍid (@Shokh_dentist) July 2, 2021
Qalban nemisman pic.twitter.com/pn2G3LEe74
— Laylo Anvarovna (@laylo_anvarovna) July 2, 2021
Germaniyaga borish ham nasib etdi)))
— Sevara Urinbayeva (@Sevara0828) July 2, 2021
Twitter`da biror qiz/yigitni yoqtirib qolgan foydalanuvchilar uchun «maslahat»:
Twitterda sevganing bo’sa raqamini ovol tezroq)
— Odiliy (@menoov) July 2, 2021
Izohsiz:
VPNni yekib mana shu videoni teskari (oxiridan boshiga) ko‘ring pic.twitter.com/yck1KP2avB
— Kurbanoff.net (@KurbanoffNet) July 2, 2021
Yana bir foydalanuvchining fikricha, Telegram cheklab qo‘yilsa mamlakat iqtisodiga zarar bo‘lishi mumkin ekan:
O‘zbekistondagi juda ko‘plab biznes egalari asosan reklamani telegram orqali beradi. Onlayn odamlar xam asosan telegram orqali xabarlarni o‘qiydi va shu yerda bir birlari bilan muloqat qiladi. Telegramni bloklashsa davlat iqtisodiyotiga ham tasir qiladi.
— Izzatbek Musayev (@vodiybozor) July 2, 2021
Shuningdek, mazkur holatga Telegram`dagi ayrim kanallar ham e’tibor qaratyapti.
«Altman News» kanali prezidentning TikTok`ni tanqid qilganidan so‘ng uni cheklab qo‘yishgani, shuningdek, davlat rahbaridan Yakkasaroy elektr tarmog‘ini ham tanqid qilishini so‘radi. Qayd etilishicha, u yerda 3 soatdan beri chiroq yo‘q.
Telegramdagi «bakiroo» kanalining yozishicha, ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlar bazasini O‘zbekistonda ikki dunyoda ham ko‘chirmasligini bila turib ham, shu qonunning qabul qilinishi aslida senzuraga xohish va moyillik haddan ziyod ekanini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zkomnazorat" «VKontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida o‘zbekistonliklarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun «Mail.ru Group», «Twitter Inc» va «Tencent-Inc» kompaniyalariga ko‘rsatmalar berilgani haqida ma’lum qilgandi.
Firuz Allayev telegram-kanalida yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdagi muammo biznes uchun ham muammo yaratadi. Chunki kichik biznesdan tortib kattasigacha ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda eng arzon va eng qulay reklama maydonidir.
«Masalan, TikTok kichik biznes uchun oxirgi vaqtda juda kerakli platformaga aylangandi. Ba’zi bir tik-tok blogerlarining bitta reklamasi 100 AQSh dollarigacha baholanardi. Agar Facebook, Instagram va Telegram faoliyatida ham muammo bo‘lsa, bu biznes uchun sezilarli zarar olib keladi», — deya qo‘shimcha qiladi u.